"EMMM" DUK yangiliklari

Sirdaryo viloyati Davlat soliq boshqarmasida o‘quv seminari o‘tkazildi

2022-yil 14-iyun kuni Sirdaryo viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati xodimlari tomonidan “Sirdaryo viloyati Davlat soliq boshqarmasi bilan 2022-yilga mo‘ljallangan hamkorlikdagi chora-tadbirlar Rejasi” ijrosi doirasida o‘quv seminari o‘tkazildi.

 

 

Seminarda Sirdaryo viloyati Davlat soliq boshqarmasi xodimlari Sirdaryo viloyati EMMX faoliyati, uning funksional vazifalari, radiomonitoring tizimining umumiy texnik imkoniyatlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi hududida REV va YuChQlardan foydalanish tartibi bilan tanishdilar.

Shu bilan birga, seminar ishtirokchilari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi 801-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni O‘zbekiston Respublikasi hududida sotib olish (berish), sotish va (yoki) o‘rnatish (qurish), xorijdan olib kirish va foydalanish tartibiga rioya qilinishi ustidan nazoratni tashkil etishda vazirlik va idoralarning o‘zaro hamkorligi to‘g‘risida Nizom” batafsil o‘rganib chiqildi.


 

Yuqoridagi Nizom talablarini o‘rganish davomida viloyat hududida REV va YuChQlarni noqonuniy ravishda sotish holatlari aniqlanganda Sirdaryo viloyati EMMX va Sirdaryo viloyati Davlat soliq boshqarmasi bilan o‘zaro hamkorlik qilish tartibi batafsil tushuntirib berildi. Shuningdek, zaruriy holda Sirdaryo viloyati Davlat soliq boshqarmasi xodimlari tomonidan olib qo‘yilgan REV va YuChQlar ekspert xulosasini tayyorlash uchun Sirdaryo viloyati EMMXga yuborilishi mumkinligi haqida ma’lumot berildi. O‘z navbatida, Sirdaryo viloyati EMMX xodimlari REV va YuChQlar taqdim etilgan kundan boshlab uch kundan kechiktirmay belgilangan shakldagi texnik ekspertiza dalolatnomasini rasmiylashtirib berishlari hamda bu bilan bog‘liq xarajatlar Sirdaryo viloyati Davlat soliq boshqarmasi mablag‘lari hisobiga qoplanishi kerakligi haqida ma’lumot berildi.

O‘quv seminari davomida Sirdaryo viloyati Davlat soliq boshqarmasi xodimlari o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javoblarni oldilar.


 

Tayyorladi: Sirdaryo viloyati EMMX radiooperatori-Jo‘rayev J.N.

Faylni tanlang