"EMMM" DUK yangiliklari

“EMMM” DUKda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yangi tahririga oid yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

2023-yil 29-mart kuni “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasi markaziy apparati bo‘lim va xizmatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar Elektromagnit moslashuv xizmatlari xodimlari uchun “ZOOM” ilovasi orqali O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yangi tahriri mazmun-mohiyatini tushuntirishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.


 


 

Tadbirga, Yuridik fanlari doktori, professor Muhitdinova Feruza Abdurashidovna tashrif buyurdi.

Maruza tinglovchilariga O‘zbekiston Respublikasi Konsitutsiyasi yangi tahririda nimalar keltirib o‘tilayotgani haqida misollar orqali tushuntirildi. Bunga ko‘ra, moddalar soni amaldagi 128 tadan 155 taga, normalar soni esa 275 tadan 434 taga ko‘payishi, Konstitutsiya matni 65 foizga yangilangani, ayni shuning uchun hujjat nomi “Konstitutsiya yangi tahrirdagi”ga o‘zgartirilgani haqida ma’lumotlar berildi.


 

Ma’lumot o‘rnida, mazkur Qonun loyihasi 6 bo‘lim, 155 moddadan iborat. Konstitutsiyaviy qonun referendum yakunlari Markaziy saylov komissiyasi tomonidan rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish yuzasidan berilgan takliflardan biri – ixcham va xalqchil davlat boshqaruvi joriy qilinishi. Mamlakatda parlamentarizmni kuchaytirish sari dadil qadam qo‘yilmoqda. Yangilanayotgan Konstitutsiya xalqparvar davlat qurish maqsadida kuchli parlament, ixcham va masʼuliyatli hukumat, mustaqil va adolatli sud tizimini barpo etishga qaratilgan.

Konstitutsiyaviy qonun kuchga kirguniga qadar O‘zbekiston hududida amalda bo‘lgan qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar ushbu Konstitutsiyaviy qonun tahriridagi mamlakat Konstitutsiyasiga zid bo‘lmagan qismida qo‘llanadi.

Konstitutsiyaviy qonun tahriridagi O‘zbekiston Konstitutsiyasi normalari tegishli qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinishidan yoki mavjudligidan qatʼi nazar, Konstitutsiyaviy qonun kuchga kirgan paytdan eʼtiboran to‘g‘ridan to‘g‘ri amal qiladi.


 

Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari
bilan aloqalar mutaxassisi N.M.Obidova

Faylni tanlang