"EMMM" DUK yangiliklari

“EMMM” DUKda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yangi tahririga oid yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

2023-yil 20-aprel kuni “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasi markaziy apparati bo‘lim va xizmatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar Elektromagnit moslashuv xizmatlari xodimlari uchun “ZOOM” ilovasi orqali o‘quv soati o‘tkazildi.

Mazkur tadbirga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Abdullayeva Oydin Utamuradovna tashrif buyurdi.

Tadbirning asosiy mavzusi – joriy yilning 30-apreliga belgilangan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yangi tahriri bo‘yicha umumxalq referendumi haqida olib borildi.

Oydin Utamuradovna o‘z nutqida shunday dedi: “Mamlakatimizning yangilanayotgan Konstitutsiyasi qabul qilinishi uchun barcha imkoniyatlarimizni ishga solishimiz kerak. Darhaqiqat, referendumga taqdim etilgan loyiha o‘z ruhi va mazmuniga ko‘ra davlat vakolatlarini himoya qiluvchi emas, balki oddiy fuqarolarning huquqlarini kafolatlovchi hujjatdir. Qabul qilinishi bilan u mamlakatimizning har bir fuqarosi uchun “qo‘llanma”ga aylanadi, chunki unda barcha huquq va imkoniyatlarimiz batafsil va zamonaviy tarzda bayon etilgan.

Biz yangi tahrirdagi Konstitutsiyani qabul qilish masalasini o‘z vaqtida ko‘tardik. Erishilgan natijalarni Bosh qomus darajasida mustahkamlab, kelajak istiqbollarini belgilab olishimiz lozim. Ishonchim komil, muvaffaqiyatli yakunlangan referendumdan so‘ng O‘zbekiston o‘z fuqarolari nomidan ishlaydigan eng demokratik va amaliy jihatdan qimmatli Konstitutsiyaga ega davlatga aylanadi.”

 

Yig‘ilish ishtirokchilari o‘tkazilayotgan referendumni so‘zsiz qo‘llab-quvvatlashlarini bildirib, uning mamlakatimiz izchil rivojlanishida tarixiy ahamiyat kasb etishini ta’kidladilar .

Shuningdek, O‘zbekistonning bugungi hayotidan aniq misollar keltirib, jamiyatimiz taraqqiyotida katta ijobiy sobit qadam bo‘lganini va joylarda odamlar hayotiga tatbiq etilayotgan islohotlarning ortga qaytmasligi tarafdori ekanini, avvalgi shart-sharoitlarga qaytmaslikni kafolatlaydigan normalarni Konstitutsiya darajasi har tomonlama mustahkamlashga intilayotganlarini bildirdilar.

 

Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari
bilan aloqalar mutaxassisi N.M.Obidova

Faylni tanlang