"EMMM" DUK yangiliklari

“EMMM” DUKda xayriya kitob yarmarkasi tashkil etildi

Zamonaviy axborot texnologiyalari hayotimizda tobora mustahkam o‘rin egallayotgan bugungi kunda kitobxonlikni rivojlantirish jamiyatimizning muhim vazifasi hisoblanadi. Yosh avlodning o‘qishga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirish, kitobxonlarni ma’naviy va moddiy rag‘batlantirish, faol kitobxonlar safini kengaytirish maqsadida “EMMM” DUKning “Ma’naviyat va ma’rifat” ishlari bo‘yicha mas’ul xodimi D.A.To‘ychieva tomonidan “Oz‘bekiston” nashriyoti matbaa ijodiy uyi bilan hamkorlikda xayriya kitob yarmarkasi tashkil etildi. Xayriya aksiyasidan jamg‘arilgan kitoblar bolalar va kattalar onkologiyasi kasalxonalariga yuboriladi. Barchamiz ana shunday xayriya tadbirlarini ko‘paytirish tarafdorimiz. Zero, kitobxonlik bugun xalqimiz uchun suv va havodek zarur.

 

 

“EMMM” DUKning “Ma’naviyat va ma’rifat”

ishlari bo‘yicha mas’ul xodimi D.A.To‘ychieva

Faylni tanlang