"EMMM" DUK yangiliklari

“EMMM” DUKda aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi va yong‘in xavfsizligini ta’minlash mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 15-iyun kuni “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasi markaziy apparati bo‘lim va xizmatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar Elektromagnit moslashuv xizmatlari xodimlari uchun o‘quv seminari o‘tkazildi.

O‘quv seminarida O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining  o‘quv markazi boshlig‘i D.Murodov hamda O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiya Qo‘riqlash boshqarmasi boshlig‘i R.Islamovlar tomonidan “O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududlarini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi va yong‘in xavfsizligini ta’minlash” mavzusida nazariy va amaliy bilim ko‘nikmalar berildi.

Mazkur tadbirda dastlab, aholi va yashash hududlarini favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, fuqaro muhofazasi va yong‘in xavfsizligini ta’minlash borasida bir qancha ma’lumotlar berilib, FVVning asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishi haqida tuchunchalar berildi.

Hozirgi kundagi issiq kunlarda hududlarda yong‘inlar, portlashlar turli xil favqulodda vaziyatlarning kelib chiqish sabablari va omillari haqida so‘z borib, bunda fuqarolar qanday texnikaviy choralar ko‘rish kerakligi haqida ma’lumotlar  berib o‘tildi. Suhbatda korxona xodimlari o‘zlarining qiziqtirgan savollariga to‘liq javoblar olib nazariy bilimlarga ega bo‘lishdi.

Shuningdek, seminar tinglovchilarga batafsil tushunchalar berish maqsadida amaliy o‘quv mashqlari ham o‘tkazildi. O‘quv-mashqlarida xodimlarga yong‘in kelib chiqqanda bunday xavflarning qay tarzda bartaraf etish choralari ko‘rish texnikalari o‘rgatildi.

 

 

 

 

Faylni tanlang