"EMMM" DUK yangiliklari

“EMMM” DUKda navbatdagi o‘quv soati o‘tkazildi

2023-yilning 13-aprel kuni “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasi markaziy apparati bo‘lim va xizmatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar Elektromagnit moslashuv xizmatlari xodimlari uchun “ZOOM” ilovasi orqali o‘quv soati o‘tkazildi.

Mazkur o‘quv soatida Fuqaro muhofazasi muhandisi Sh.D.Normurodov tomonidan “Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi”ni o‘tkazish to‘g‘risida ma’lumotlar berildi. Bunga ko‘ra, barcha viloyatlar xizmatlariga ushbu oyligni o‘tkazish bo‘yicha bir qancha topshiriqlar berib o‘tildi. Shuningdek, hozirgi kunda yer qimirlash, suv toshqinlari hamda turli favqulodda vaziyatlarda ogohlantiruvchi mobil ilovalar yo‘lga qo‘yilayotgani hamda mavjudligi haqida ma’lumotlar berildi.

O‘quv soatining ikkinchi yarmida Radiochastota taqdimotlarini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i P.I.Rixsibayev 2023-yilgi Butunjahon radioaloqa konferensiyasiga tayyorgarlik yig‘ilishining ikkinchi sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi ishtiroki haqidagi ma’lumotlarni berib o‘tdi.

Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari
bilan aloqalar mutaxassisi N.M.Obidova

Faylni tanlang