"EMMM" DUK yangiliklari

“EMMM” DUKda navbatdagi o‘quv soati o‘tkazildi

2023-yil 27-aprel kuni “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasi markaziy apparati bo‘lim va xizmatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar Elektromagnit moslashuv xizmatlari xodimlari uchun “ZOOM” ilovasi orqali o‘quv soati o‘tkazildi.

Mazkur o‘quv soatida Bosh komplaens inspektori T.B.Islamov tomonidan Korrupsiyaning ta’rifi va umumiy xususiyatlari to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.

Barchamizga ma’lumki, korrupsiya demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazadi, inson huquqlari buzilishiga olib keladi, bozorlar faoliyatiga to‘sqinlik qiladi, hayot sifatini yomonlashtiradi va odamlar xavfsizligiga tahdid soladigan uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va boshqa hodisalar ildiz otib, gullashi uchun sharoit yaratib beradi. Ushbu tushunchalarni keng idrok qilish maqsadida o‘quv soati ishtirokchilariga korrupsiyaning asli ildizi qayerdan kelib chiqishi, uning dunyo bo‘yicha qanday ta’riflanishi hamda yurtimizda korrupsiya holatlariga nimalar sabab bo‘layotganligi va uning yechimlari haqida atroflicha fikrlar bildirildi.

O‘quv soatining yana bir mavzusini Kadrlarni tayyorlash bo‘yicha yetakchi muhandisi A.N.Eritsyan va Kasaba uyushmasi rahbari V.V.Litvinovalar Jamoa shartnomasiga yangi mehnat kodeksiga asosan kiritilayotgan o‘zgartirishlar haqida ishtirokchilarga batafsil ma’lumotlar berib o‘tishdi.

Shuningdek, o‘quv soati so‘ngida barcha “EMMM” DUK xodimlarini 30-aprel O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yangi tahriri bo‘yicha o‘tkazilayotgan Referendumda faol qatnashishga chorlandi. Zero, yurtimiz istiqboli, farzandlarimiz porloq kelajagi, Yangi O‘zbekistonda barchamiz shod-u hurramlikda yashashimiz uchun ovoz berishimiz lozimdir.

Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari
bilan aloqalar mutaxassisi N.M.Obidova


 

Faylni tanlang