"EMMM" DUK yangiliklari

“EMMM” DUKda navbatdagi o‘quv soati o‘tkazildi

Joriy yilning 11-may kuni “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasi markaziy apparati bo‘lim va xizmatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar Elektromagnit moslashuv xizmatlari xodimlari uchun “ZOOM” ilovasi orqali o‘quv soati o‘tkazildi.

Mazkur o‘quv soatida Jizzax viloyati EMMX 2-toifali tarmoq muhandisi X.A.Israilov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 20-dekabrdagi “Mamlakatimizda o‘zbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6084-son Farmoni mazmun-mohiyati tushuntirildi.

Shuningdek, Qashqadaryo viloyati EMMX 1-darajali radiooperatori O.Norkulov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 28-dekabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-4904-son Farmonining mazmun-mohiyati yoritildi.


 

Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari
bilan aloqalar mutaxassisi N.M.Obidova

Faylni tanlang