"EMMM" DUK yangiliklari

“EMMM” DUKda huquqiy targ‘ibot bo‘yicha navbatdagi o‘quv soati o‘tkazildi

2022-yil 21-iyul kuni “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasi markaziy apparati bo‘lim va xizmatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar Elektromagnit moslashuv xizmatlari xodimlari uchun ZOOM ilovasi orqali navbatdagi o‘quv soati o‘tkazildi.

 O‘quv soati ishtirokchilariga Sirdaryo viloyati EMMX radiooperatori A.Xolmurzayev va “EMMM” DUK 2-toifali muhandisi M.Mashurbekova tomonidan soha faoliyatiga taalluqli mavzularda taqdimotlar qilindi:

A.Xolmurzayev tomonidan “Radiohalaqitlarni bartaraf etish usullari” mavzusi bo‘yicha elektromagnit halaqitlarning manbalari, shovqin manbalari va qabul qiluvchilarning aloqa mexanizmlari turlari, elektron qurilmalarda shovqin ta‘sirini kamaytirishning usullari va boshqalar bo‘yicha tushuntirish berildi.

Shuningdek, korxonada korupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini yanada samarali tashkil etish, korrupsiyaga murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, korupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazoratni tizimli yo‘lga qo‘yish maqsadida ishlab chiqilgan va tasdiqlangan “Elektromagnit moslashuv markazi” DUKning Korrupsiyaga qarshi Komplaens-nazorat tuzilmasi faoliyati to‘g‘risidagi Nizomning mazmun-mohiyati, Komplaens-nazorat tuzilmasini tashkil etish, uning asosiy maqsadi, vazifalari va funksiyаlari, huquq va majburiyаtlari, javobgarligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar tadbir ishtirokchilariga M.Mashurbekova tomonidan yetkazildi.

 

 

Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari
bilan aloqalar mutaxassisi L.Turgunova

 

 

Faylni tanlang