"EMMM" DUK yangiliklari

“EMMM” DUKda huquqiy targ‘ibot bo‘yicha o‘quv soati o‘tkazildi

2022-yil 7-iyul kuni “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasi markaziy apparati bo‘lim va xizmatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar Elektromagnit moslashuv xizmatlari xodimlari uchun “ZOOM” ilovasi orqali o‘quv soati o‘tkazildi.

Tadbir ishtirokchilariga Sirdaryo viloyati EMMX 1-toifali muhandisi J.Raimdjanov va Sirdaryo viloyati EMMX 1-darajali radiooperatori J.Jurayev tomonidan tayyorlangan ma’ruzaning mazmunli taqdimoti namoyishi qilindi.

Birinchi mavzu doirasida “Elektromagnit moslashuv markazi” DUK radionazorat punkti va uzatuvchi stansiyalar o‘rtasida elektromagnit moslashuvni ta’minlash bo‘yicha Qo‘llanma haqida tushuntirish berildi. Tinglovchilar Radionazorat punktlari uskunalariga ta’sir etuvchi uzatkich stansiyalarning ta’sir etish omillari, radionazorat punktlarida elektromagnit maydon kuchlanganligining zarur darajasini ta’minlash bo‘yicha belgilangan chora-tadbirlar bilan tanishtirildi. Shu bilan birga, 89,54 dBmkV/m. dan oshadigan darajali uzatuvchi stansiyadan salbiy ta’sir aniqlangan holatda ko‘riladigan choralar to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Ikkinchi mavzu – “Metrologiya tushunchasi va O‘zbekiston Respublikasining metrologiya sohasidagi qonunchiligi” bo‘yicha J.Jurayevning ma’ruzasi orqali yig‘ilish ishtirokchilariga O‘zbekiston Respublikasida huquqiy metrologiya sohasining yo‘nalishlari, O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 28-dekabrda qabul qilingan “Metrologiya to‘g‘risida”gi 1004-XII-sonli Qonunining mazmun-mohiyati yetkazib berildi.

 

Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari
bilan aloqalar mutaxassisi L.Turgunova

Faylni tanlang