"EMMM" DUK yangiliklari

“EMMM” DUK da huquqiy targ’ibot bo‘yicha o‘quv soati o‘tkazildi.

2022-yil 25-avgust kuni “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasi markaziy apparati bo‘lim va xizmatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar Elektromagnit moslashuv xizmatlari xodimlari uchun “ZOOM” ilovasi orqali navbatdagi o‘quv soati o‘tkazildi.

O’quv soatida Fuqaro muhofazasi 1-toifali muhandisi Sh.Normurodov hamda Radionazorat va tehnik rivojlanish xizmati 1-toifali muhandisi M.Saidov tomonidan o‘quv soati mavzusiga doir taqdimotlar qilindi.

Bunda Sh.Normurodov tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish to‘g‘risida”gi 2022-yil 17-avgustdagi O‘RQ-790-son qonuni mazmun-mohiyati haqida barcha ZOOM qatnashchilariga batafsil ma’lumotlar berildi. Ishtirokchilar ham o‘z fikr mulohazalari bilan bo‘lishib faol qatnashishdi.

Shuningdek, O’zbekiston Respublikasining “Aloqa to‘g‘risida”gi 1992-yil 13-yanvardagi № 512-XII sonli qonuni mazmun mohiyati hamda qonunlarning  asosiy maqsadi, vazifalari va funksiyаlari, huquq va majburiyаtlari, javobgarligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar tadbir ishtirokchilariga M.Saidov tomonidan yetkazildi.

 


 

Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari
bilan aloqalar mutaxassisi N.Obidova

Faylni tanlang