"EMMM" DUK yangiliklari

“EMMM” DUK da huquqiy targ’ibot bo‘yicha o‘quv soati o‘tkazildi.

2022-yil 8- sentabrda “Elektromagnit moslashuv markazi” davlat unitar korxonasi markaziy apparati bo‘lim va xizmatlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar Elektromagnit moslashuv xizmatlari xodimlari uchun “ZOOM” ilovasi orqali o‘quv soati o‘tkazildi.


 

 

Bunga ko‘ra, Samarqand viloyati EMMX I-toifali muhandisi J.D.Kodirov tomonidan O’zbekiston Respublikasining 2003-yil 11-dekabrdagi “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi 560-II-son qonuni mazmun-mohiyati ishtirokchilarga taqdimot qilindi.

Har bir sohada, umuman hayotimizda axborotlashtirish keng o‘rin egallaganidan so‘ng albatta bu huquqiy tomondan tartibga solinish kerak. Shuni hisobga olib, 2003 yil 11 dekabrda “Axborotlashtirish” to‘g‘risida qonun qabul qilingan. Bu qonun 23 ta moddadan iboratdir. O’quv soatida ushbu qonunga tegishli barcha moddalar ko‘rib chiqildi.


 

Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari
bilan aloqalar mutaxassisi N.Obidova


 

Faylni tanlang