"EMMM" DUK yangiliklari

“Elektromagnit moslashuv markazi” DUKda qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi

2022-yilning 27-may kuni “Elektromagnit moslashuv markazi” DUKning markaziy binosida fuqaro muhofazasi bo‘yicha tegishli vakolatli organlar bilan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.

Mazkur o‘quv mashg‘uloti uch bosqichda o‘tkazilib, dastlabki bosqichda tegishli xizmatlarning kuch-vositalari saf ko‘rigi ko‘zdan kechirilgan bo‘lsa, navbatdagi bosqichda esa korxonada shartli ravishda yuzaga kelgan favqulodda vaziyatlarda obyekt rahbariyati, tuzilmalar va FVDqTga kiruvchi tuzilmalarning harakatlari, ishchi-xodimlarni xavfsiz hududlarga evakuatsiya qilinish, jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish va favqulodda vaziyat oqibatlarini bartaraf etish ishlari amalga oshirildi.

Yakuniy bosqichda bajarilgan ishlar muhokama qilinib, kelgusida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va uning oqibatlarini bartaraf etish borasida muhim vazifalar belgilab olindi.


Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari
bilan aloqalar mutaxassisi L.Turgunova

 

Faylni tanlang