"EMMM" DUK yangiliklari

“Elektromagnit moslashuv markazi” DUKda o‘quv seminari o‘tkazildi

2021-yil 2-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi PQ-4551-son qarori bilan tasdiqlangan Konstitutsiya va qonun ustuvorligini taʼminlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining 8-bandi, Vazirlar Mahkamasining “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha tadbirlarni monitoring qilish va baholash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2019-yil 20-apreldagi 342-son qarori ijrosi bo‘yicha “Elektromagnit moslashuv markazi” DUK masʼul rahbar va xodimlar ishtirokida o‘quv soati o‘tkazildi.

Unda “Elektromagnit moslashuv markazi” DUK markaziy apparati xizmat va bo‘limlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar Elektromagnit moslashuv xizmatlari rahbar va xodimlari ishtirok etishdi.

O‘quv seminari doirasida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Pochta aloqasi xizmatlari va logistikasini rivojlantirish bo‘limi faoliyati hamda O‘zbekiston Respublikasi “Pochta aloqasi to‘g‘risida”gi O‘RQ-211-son Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 2018-yil 19-fevraldagi PQ-3549-son, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududida jismoniy shaxslar nomiga x‘alqaro pochta va kurerlik jo‘natmalari orqali kelayotgan tovarlar nazoratini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2018-yil 19-iyuldagi PQ-3873-son, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Pochta aloqasi xizmatlarini ko‘rsatish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2020-yil 14-dekabrdagi PQ-4921-son qarorlari mazmun-mohiyatlarini tegishli masʼullar tomonidan tushuntirib berildi.

 

“Elektromagnit moslashuv markazi” DUK
IYBIChJSNQX 1-toifali muhandisi R.Ganiev

 

Faylni tanlang