"EMMM" DUK yangiliklari

“Elektromagnit moslashuv markazi” DUKda o‘quv seminari o‘tkazildi

2022-yil 10-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi PQ-4551-son qarori bilan tasdiqlangan Konstitutsiya va qonun ustuvorligini taʼminlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining 8-bandi, Vazirlar Mahkamasining “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha tadbirlarni monitoring qilish va baholash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2019-yil 20-apreldagi 342-son qarori ijrosi bo‘yicha “Elektromagnit moslashuv markazi” DUK ayol xodimlari ishtirokida o‘quv soati o‘tkazildi.

Unda “Elektromagnit moslashuv markazi” DUK markaziy apparati xizmat va bo‘limlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar Elektromagnit moslashuv xizmatlari ayol xodimlari ishtirok etishdi.

O‘quv seminari doirasida O‘zbekiston Respublikasi “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi 2019-yil 2-sentabrdagi O‘RQ-561-son Qonuni mazmun-mohiyati tegishli masʼullar tomonidan tushuntirib berildi.

 

“Elektromagnit moslashuv markazi” DUK
Xotin qizlar qo‘mitasi boshlang‘ich tashkiloti rahbari I.Pirimxodjaeva

 

“Elektromagnit moslashuv markazi” DUK
IT va MB-2-toifali muhandisi X.Egamberdieva

 

Faylni tanlang