"EMMM" DUK yangiliklari

“Elektromagnit moslashuv markazi” DUKda o‘quv seminari o‘tkazildi

2022-yil 3-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi PQ-4551-son qarori bilan tasdiqlangan Konstitutsiya va qonun ustuvorligini taʼminlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining 8-bandi, Vazirlar Mahkamasining “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha tadbirlarni monitoring qilish va baholash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2019-yil 20-apreldagi 342-son qarori ijrosi bo‘yicha “Elektromagnit moslashuv markazi” DUK masʼul rahbar va xodimlar ishtirokida o‘quv seminari o‘tkazildi.

Unda “Elektromagnit moslashuv markazi” DUK markaziy apparati xizmat va bo‘limlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar Elektromagnit moslashuv xizmatlari rahbar va xodimlari ishtirok etdilar.

O‘quv seminari doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son Farmoni mazmun-mohiyati tanishtirildi.           "ZOOM" ilovasi orqali Sirdaryo viloyati EMMX 1-toifali muhandisi J.S.Raimdjanov taraqqiyot strategiyasining 7 ta ustuvor yo‘nalishi va uni amalga oshirish uchun belgilangan 100 ta maqsadning har birini to‘liq va atroflicha tushuntirib berdi.

Tayyorladi: “Elektromagnit moslashuv markazi” DUK  jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar mutaxassisi  L.A.Turgunova

Faylni tanlang