"EMMM" DUK yangiliklari

Xonqa tumanida radiomonitoring ishlari olib borildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi topshirig‘iga muvofiq, vazirlik va idoralar rahbar va xodimlaridan iborat Ishchi guruhi 2022-yilning 23-dekabridan 29-dekabr kuniga qadar Xorazm viloyatining Xonqa tumaniga xizmat safariga yuborilgan. Mazkur Ishchi guruhga Xonqa tumani sektor rahbarlari faoliyati, aholi muammolari va ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni o‘rganish va hal etish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berilib, Respublika Ishchi guruh a’zolari tumandagi sektorlar Ishchi guruhlari, tuman hamda Respublika shtabiga biriktirilgan.

Korxona ish faoliyati doirasida belgilab berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Xorazm viloyati hududiy boshqarmasining 2022-yil 21-dekabrdagi topshiriq xatiga asosan Xorazm viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati muhandis xodimlari N.Djumaniyazov, A.Palyozov, H.Matyusupov, D.Ibragimovlar ishtirokida 22-23-dekabr kunlari Xonqa tumanining Navro‘z, Kattakuch, Nurobod, Xonqaobod mahallarida uyali aloqa signallarining qamrov doirasi va internet aloqasi sifati hamda uyali aloqa kompaniyalarining ishga tushurilishi rejalashtirilgan baza stansiyalari to‘g‘risida ma‘lumotlarni o‘rganish va monitoring qilish ishlari olib borildi.

O‘tkazilgan monitoring natijalari o‘z vaqtida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining hududiy boshqarmasiga taqdim qilindi.

Xorazm viloyati EMMX muhandisi H.Matyusupov

 

Faylni tanlang