"EMMM" DUK yangiliklari

Xiva tumanida Аxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan rejaga asosan Аxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi rahbariyatining 2022-yilning 1-yarim yilligida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda o‘tkaziladigan jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish bo‘yicha sayyor qabullar jadvalining ijrosini taʼminlash maqsadida 2022-yil 29-iyun kuni Xiva tumani Dashyoq mahallasi madaniyat saroyi binosida Аxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi (Vazirlik)ning sayyor qabuli tashkillashtirildi.

Sayyor qabulni Xiva tuman hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari D.Jumaniyazov ochib berdi. Shuningdek, Vazirlikning yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlari bilan ishlash bo‘lim boshlig‘i D.Pulatov, hududiy boshqarmalar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i J.Jafarov, hamda Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari M.Madrimov va soha korxonalarining rahbar, xodimlari ishtirok etishdi.

Yig‘ilish davomida aholi tomonidan aloqa sohasiga doir masalalar yuzasidan qator savollar o‘rtaga tashlandi va tegishliligi bo‘yicha masʼul korxona rahbarlari tomonidan javoblar berildi.

Xususan, Xorazm viloyati EMMXga mobil aloqa operatorlari “Coscom” MChJ, “UzMobayl” filiali, “UMS” MCHJ, “Unitel” MCHJ xodimlari bilan hamkorlikda bir xafta muddatda Xiva tumani Qumyop MFY, Qushchi kattabog‘ MFY, Indavak MFY, Varag‘zon MFY, Аrvik MFY va Soyot MFY hududlarining mobil aloqa va internet qamrovini o‘rganib, sifatli mobil aloqa va internet qamrovi bilan taʼminlash choralarini ko‘rish yuzasidan topshiqlar berildi.

Vakolat doirasida o‘rganishlar o‘tkazilib, ma’lumotlar Vazirlikning Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi hamda “EMMM” DUKga taqdim qilindi.

Tayyorladi: Xorazm viloyati EMMX muhandisi M.Sayidova


 


 

Faylni tanlang