Soha yangiliklari

Xorazm viloyati hokimligida IT loyihalar taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Xorazm viloyati hokimligida loyihalar taqdimoti o‘tkazildi. Unda viloyat hokimligi rahbariyati, hududiy ilmiy-texnik kengash a’zolari, loyihalarga aloqador viloyat tashkilotlari rahbarlari ishtirok etdi. Tadbirda 13 ta loyihalar mualliflarining takliflari eshitilib, har bir loyiha mutaxassislar ishtirokida chuqur muhokama qilindi. Kengash a’zolari fikr-mulohazalaridan kelib-chiqib qator loyiha mahalliy byudjetdan moliyalashtiriladigan bo‘ldi. Mahalliy byudjetdan moliyalashtiriladigan IT sohasiga doir startap loyihalar quyidagilar: Sun’iy intellekt texnologiyalariga asoslangan interaktiv oylayn akademiya “EDULIFE”; “Speak With Me” kar va eshitishda nuqsoni bor fuqarolar uchun o‘z ustida mustaqil ishlash salohiyati va qobiliyatini rivojlantirishga imkon beruvchi loyihasi; viloyatining xar bir shahar va tumanlarida mavjud maktabgacha ta’lim muassasasini axborot texnologiyalariga ixtisoslash, raqamli va innovatsion maktabgacha ta’lim tizimini yaratishga yo‘naltirilgan “IT ga ixtisoslashgan bog‘cha” loyihasi; Mahallalarda aholi bilan ishlashning yahlit vertikal boshqaruv tizimiga asoslangan “E-aholi” axborot tizimi; Birlamchi tibbiyot tizimida qo‘llash uchun ko‘rlikga olib keladigan kasalliklarni erta aniqlash va rivojlanish xavfini bashorat qilishga xizmat qiluvchi elektron dastur ishlab chiqish; “GoTest” loyihasi til o‘rganuvchilarning, abituriyentlarning hamda turli sohalar bo‘yicha o‘z bilimlarini sinab ko‘ruvchilarning bilim darajasi aniqlanadi va rivojlantiriladi; axborot-kommunikatsiya va sun’iy intellekt texnologiyalardan keng foydalangan holda “Mahalla boshqaruviga ko‘maklashuvchi tizim” loyihalari.  
Faylni tanlang