"EMMM" DUK yangiliklari

Xorazm viloyatida radiohavaskorlar bilan uchrashuv tashkil etildi

2022-yil 11-iyun kuni Xorazm viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati xodimlari va Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Xorazm viloyati boshqarmasi qoshidagi Radiohavaskorlik fedyeratsyasi radiohavaskorlari bilan uchrashuv tashkil qilindi.

Yig‘ilishda Radiochastotalar bo‘yicha Respublika Kengashining 2021-yil 3-martdagi 638-sonli qarori “O‘zbekiston Respublikasi hududida radiohavaskorlik radiostansiyalaridan foydalanishning texnik shartlari haqida” ma’ruza qilindi.

Mavzu doirasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Radiochastota spektridan foydalanish sohasida ruxsat etish hamda radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanishni tartibga solish to‘g‘risida” 2020-yil 22-dekabrdagi 801-son qarorining tegishli bandlari, shuningdek, radiohavaskorlar tomonidan zamonaviy radioaloqa turlaridan, shu jumladan ular tomonidan ishlatiladigan radioaloqaning raqamli turlaridan, Xalqaro elektraloqa ittifoqining Radioaloqa reglamenti va O‘zbekiston Respublikasi radiochastotalarni taqsimlash jadvalida keltirilgan radiochastota diapazonlarni hisobga olgan holda havaskorlik radiostansiyalaridan foydalanish shartlari xususida so‘z bordi.

Shuningdek, yig‘ilish qatnashchilariga radiohavaskorlik radiostansiyalaridan foydalanish uchun belgilangan texnik shartlar, belgilangan quvvatlar, radiochastota polosalari va radioaloqa turlari hamda ulardan foydalanishga qo‘yiladigan talablar alohida ta’kidlab o‘tildi.

Yig‘ilish davomida radioaloqadan foydalanish qoidalari va boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.

 

 

Uchrashuv yakunida O‘zbekiston Respublikasi Radiosport bo‘yicha o‘tkazilgan chempionatda faxrli o‘rinlarni egallagan radiohavaskorlar R.Ganiyev, A.Kadirov, R.Kadirov va R.Gabduraupovlarni taqdirlash marosimi o‘tkazildi va ular esdalik sovg‘alar, diplomlar bilan taqdirlandilar.

Shuningdek, radiohavaskorlar M.Allayarov, F.Babajonovlar radiohavaskorlikni rivojlantirish bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Xorazm viloyati EMMX xodimi A.Palyozov tomonidan radiohavaskorlarni qiziqtirgan barcha savollarga javob berildi.

 

Xorazm viloyati EMMX II toifali muhandisi: A.Palyozov

Faylni tanlang