Soha yangiliklari

Xorazmda yoshlar uchun IT-sohasida mahorat darslari o‘tkazildi

Xorazm viloyatida “O‘zbekiston yoshlari forumi – 2021” haftaligi doirasida IT-sohasida mahorat darslari va uchrashuvlar tashkil etildi. Ushbu mahorat darslari va uchrashuvlar yoshlarni IT-sohasiga qiziqtirish va jalb etish maqsadida o‘tkazildi. Tashkil etilgan mahorat darslari va uchrashuvda Rossiyaning "Mail.ru group" kompaniyasi injener-dasturchisi, dasturchilik sohasida 10 yillik tajribaga ega Temurbek Yusupov, IT-park rezidenti hisoblangan AQSh, Buyuk Britaniya, Kanada davlatlaridagi IT-korxonalari bilan hamkorlikda faoliyat yuritayotgan korxona rahbari Behruzbek Boltayev hamda  “DATA” o‘quv markazi asoschisi va tadbirkor Shaxzodbek Sabirovlar ishtirok etdilar. Tadbirda ishtirok etgan IT-sohasining yetuk mutaxassislari o‘zlarining tajribalari, hayot yo‘llari va bugungi kundagi erishgan natijalari bilan o‘rtoqlashdilar. Uchrashuv ko‘tarinki ruxhda o‘tdi va ishtirokchi yoshlarda katta taassurot qoldirdi.  
Faylni tanlang