“Uzmobile” filiali Xorazm viloyati bog‘lamasining Yangiariq tumanida joylashgan mobil aloqa tayanch stansiyasiga radioxalaqit ta’sir etayotganligi to‘g‘risida shikoyat-arizasiga muvofiq Xorazm viloyati EMMX xodimlari tomonidan noqonuniy faoliyat yuritayotgan qurilmalarni aniqlash bo‘yicha tadbir o‘tkazildi.
O‘tkazilgan chora-tadbirlar natijasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi 801-son qarorining 2-ilovasi “Radioelektron vositalarni sotib olish va(yoki) o‘rnatish, xorijdan olib kirish, ekspluatasiya qilishga ruxsat etish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi nizomi hamda O‘zbekiston Respublikasi Radiochastotalar bo‘yicha respublika kengashining 2022-yil 23-avgustdagi 707-sonli “O‘zbekiston Respublikasi hududida mobil aloqa tarmoqlari signallarini kuchaytirib beruvchi retranslyator qurilmalaridan foydalanish to‘g‘risida”gi qarori talablarini buzib, efirda noqonuniy faoliyat yuritayotgan fuqaro aniqlandi. Aniqlangan retranslyator qurilmasining ish faoliyati to‘xtatilib, REV egasiga ogohlantirish xati taqdim qilindi.

Xorazm viloyati EMMX
2-toifali muhandisi A.J.Palyozov