O‘zbekiston Respфublikasi Prezidentining “Sog‘lom turmush tarzini keng tadbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 30-oktabrdagi PF-6099-son Farmoniga asosan O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining 2022-yil 30-apreldagi “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimiga kiruvchi aksiyadorlik jamiyat, kompaniya, korxona, tashkilot va muassasalar xodimlaridan tuzilgan terma jamoalar o‘rtasida mini futbol (futzal) bo‘yicha ko‘chma Kubok uchun respublika musobaqalariga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish to‘g‘risida” bayoni tasdiqlangan.

Mazkur bayon ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 19-oktabr kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Urganch filialida soha tashkilotlari o‘rtasida mini futbol (futzal) o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Unga ko‘ra, Xorazm viloyati EMMX xodimlaridan tuzilgan jamoa ham faol ishtirok etdi.

Rejaga ko‘ra, saralash bosqichidan o‘tgan jamoalar joriy yilning 1-4 noyabr kunlari Toshkent shahrida o‘tkaziladigan Respublika bosqichi o‘yinlarida ishtirok etadi.
Xorazm viloyati EMMX II toifali muhandisi: J.X.Salayev