"EMMM" DUK yangiliklari

Xorazm viloyatida yuqori kuchlanishli elektr uzatish liniyalari va transformator nimstansiyalarida industrial radioxalaqitlarni davlat standartlariga mosligi bo‘yicha o‘lchov ishlari o‘tkazildi

Xorazm viloyati “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ va Xorazm viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati bilan o‘zaro tuzilgan ish rejasiga asosan 2022-yil 19-21-iyul kunlari yuqori kuchlanishli elektr uzatish liniyalari va transformator nimstansiyalarida industrial radioxalaqitlarni davlat standartlariga mosligi bo‘yicha Urganch va Tuproqqal’a tumanlari hududida nazorat-o‘lchov ishlari o‘tkazildi.


 

Nazorat-o‘lchov ishlari Urganch tumani hududida 3 ta EULda, 3 ta TNSda, Tuproqqal’a tumani hududida 2 ta EUL va 2 ta TNSlarida o‘tkazildi.


 

“Ustoz-shogirt” an’analariga ko‘ra Xorazm viloyati EMMX radiooperatorlarining malakasini oshirish maqsadida o‘lchov ishlarini o‘tkazishda EMMX muhandisi A.Palyozov tomonidan o‘lchov ishlari GOST 22012-12 xalqaro standartiga asosan batafsil tushuntirish va ko‘rgazmali tarzda o‘tkazildi.

 

Tayyorladi: Xorazm viloyati EMMX 1-darajali radiooperatori D.A.Ibragimov

Faylni tanlang