"EMMM" DUK yangiliklari

Xorazm viloyatida soha korxonalari bilan hamkorlikda radiomonitoring tadbirlari o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 22-avgustdagi “2022-2023 yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-357-son Qarorining 1-ilovasi 53-bandi, ya’ni “Xorazm viloyati Shovot tumani Qiyot mahallasi Toq turmush va Qiyot aholi punktlari, shuningdek, Yangiariq tumani Tagan MFY Killavut aholi punktlari hududlarida mobil aloqa qamrovini kengaytirish” bo‘yicha berilgan topshiriqlar ijrosi doirasida joriy yilning 29-noyabrida Vazirlikning Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi mutaxassisi S.Yusupov, O‘zkomnazorat Davlat inspeksiyasi Xorazm viloyati hududiy inspeksiyasi mutaxassisi Q.Qurbanbaev, Xorazm viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati I toifali muhandisi N.Djumaniyazov hamda mobil aloqa operatorlari vakillari: “O‘zbektelekom” AK “O‘zmobile” Xorazm hududiy filiali vakili X.Tojiyev, “UMS” MChJ vakili D.Kim, “Coscom” MChJ vakili D.Ataniyazov va “Unitel” MChJ vakili A.Matniyazovlar ishtirokida amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasi o‘rganilib, qamrov holati radiomonitoringi olib borildi.

Xulosa o‘rnida aytsak, radiomonitoring natijalariga ko‘ra, Shovot tumani Qiyot mahallasi Qiyot aholi punktida barcha mobil aloqa operatorlar tomonidan, Shovot tumani Qiyot mahallasi To‘q turmush aholi punkti “O‘zmobile” Xorazm hududiy filiali, “Coscom” MChJ va “Unitel” MChJ mobil aloqa operatorlari tomonidan, Yangiariq tumani Tagan MFY Killavut aholi punkti “O‘zmobile” Xorazm hududiy filiali, “UMS” MChJ, “Coscom” MChJ tomonidan keng polosali yuqori tezlikdagi mobil internet xizmati bilan ta’minlanganligi qayd etilgan.

Kelgusida Shovot tumani Qiyot mahallasi To‘q turmush aholi punkti hududida “UMS” MChJ, Yangiariq tumani Tagan MFY Killavut aholi punkti hududida “Unitel” MChJ mobil aloqa operatorlari tomonidan yuqori tezlikdagi mobil internet xizmati sifatini yanada yaxshilash rejalashtirilgan.

 

Xorazm viloyati EMMX I toifali muhandisi N.Djumaniyozov

Faylni tanlang