Soha yangiliklari

Xorazm viloyatida robotlar jangi musoboqasi viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi

Xorazm viloyati IT-park filialida “Robotlar jangi”ning viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tadbirdan ko‘zlangan maqsad – maktab o‘quvchilarining ilmiy-texnikaviy yo‘nalishda ijodiy salohiyatini rivojlantirish va erta kasb-hunarga yo‘naltirishga ko‘maklashish, shuningdek, ilmiy-texnikaviy ijod va robototexnikani ommalashtirishdan iborat. Ishtirokchilarning umumiy soni 24 kishini tashkil etdi. Ular qatorida “Barkamol avlod” markazi tarbiyalanuvchilari va boshqa robototexnika ishqibozlari bo‘lishdi. Ta’kidlash joizki, robototexnika bugungi kunda faol rivojlanmoqda. U bolaning harakatchanligini, e’tiborini rivojlantirish, ko‘rsatmalarga rioya qilish va natijalarga erishish qobiliyatini shakllantiradi.
Faylni tanlang