Soha yangiliklari

TATU Qarshi filialida IT inkubatsiya markazi ochildi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filialida IT inkubatsiya markazining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Ochilish marosimida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi rahbar va xodimlari, universitetning professor-o‘qituvchilari hamda yoshlar ishtirok etdi.

Tadbir davomida iqtidorli talaba-yoshlar va professor-o‘qituvchilarning ilmiy ishlanmalari, startap loyihalari taqdimoti o‘tkazildi.

Mazkur inkubatsiya markazida talabalar uchun turli musobaqa, tanlov, xakaton va seminarlar tashkil etishi rejalashtirilgan bo‘lib. Yoshlarga o‘zlarini axborot texnologiyalari sohasida tadbirkor sifatida namoyon etishlariga yordam beriladi.

 

Manba: Axborot xizmati

Faylni tanlang