"EMMM" DUK yangiliklari

Qashqadaryo viloyatida qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri – Fuqaro muhofazasi boshlig‘ining 2022-yil 11-yanvardagi 1-son buyrug‘iga asosan joriy yilning 16-18-noyabr kunlari Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida “Boshqaruv organlari, FVDT hududiy va funksional quyi tizimlarining favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish bo‘yicha harakatlari” mavzusida qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari o‘tkazilishi belgilangan.

 

 

O‘quv mashqlariga Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hududiy quyi tizimi organlari rahbarlar tarkibi hamda ularning kuch va vositalari jalb etildi. O‘quv mashqining asosiy maqsadi - xabar bеrish tizimining tayyorgarligi va barqaror ishlashini tеkshirish, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hududiy quyi tizimi organlarining favqulodda vaziyatlarda funksional vazifalarini bajarish yo‘nalishlarini aniqlashtirish, avariya-qutqaruv va boshqa kеchiktirib bo‘lmaydigan vazifalarni bajarishda moddiy-tеxnik ta’minot masalalarini hal etish, yuzaga kеlgan favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xizmatlarining hamkorlikdagi harakatlarini ko‘rib chiqish bеlgilandi.  Ushbu qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari davomida davlat tizimi organlari xodimlari favqulodda vaziyatlardagi shayliklari va bilim-ko‘nikmalarini oshirdilar.

Ushbu qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarida “EMMM” DUK va Qashqadaryo viloyati EMMX xodimlari kuzatuvchi sifatida ishtirok etdilar.

 Tayyorladi: Qashqadaryo viloyati EMMX tarmoq muhandisi A.Qudratov

Faylni tanlang