Soha yangiliklari

Kitob tumanida yangi IT-markaz oʻz faoliyatini boshladi

Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan “Besh muhim tashabbus”ning 3-yo‘nalishi Aholi va yoshlarning kompyuter texnologiyalaridan keng va samarali foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratish, yoshlarni axborot texnologiyalari sohasidagi tadbirkorlikka jalb qilish doirasida   Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida zamonaviy infratuzilmalar  bilan jihozlangan IT-markaz ochildi.  

Ochilish marosimida Kitob tumani hokimi A.Zakirov, AKT vazirligi Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i S.Aripov, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali direktori A. Turg‘unov hamda IT markaz xodimlari ishtirok etdilar.

Bino zamonaviy asbob-uskunalar va 21 ta kompyuter bilan jihozlangan. Mazkur IT-markazda bo‘lajak o‘rganuvchilar tahsil olishi uchun barcha zarur qulayliklar yaratilgan.

Tuman markazida joylashgan mazkur muassasada yoshlar kompyuter savodxonligi, dasturlash, grafika va dizayn, mobil ilovalar  yaratish bo‘yicha ta’lim olishlari  uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan.

Manba: Axborot xizmati

Faylni tanlang