"EMMM" DUK yangiliklari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumani IIBda o‘quv seminar tashkil etildi

Huquq - tartibot organlari bilan hamkorlikda ishlarni kuchaytirish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi EMMX muhandislari M.Dlekeyev va N.Narimovlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi 801-son Qarori 5-ilovasi “Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni O‘zbekiston Respublikasi hududida sotib olish (berish), sotish va (yoki) o‘rnatish (qurish), xorijdan olib kirish va foydalanish tartibiga rioya qilinishi ustidan nazoratni tashkil etishda vazirlik va idoralarning o‘zaro hamkorligi to‘g‘risida”gi nizomga muvofiq hamda 2022-yil mobaynida hamkorlikda ishlar rejasi bo‘yicha Qo‘ng‘irot tumani IIBda profilaktika inspektorlari va shaxsiy tarkibiga o‘quv seminar tashkil etildi. O‘quv seminarga Qo‘ng‘irot tumani IIB boshlig‘ining o‘rinbosari, mayor M.B.Qarlibayev raislik qildi.

Seminarda Qo‘ng‘irot tumani IIB shaxsiy tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi 801-son qaroriga asosan hamkorlikda ishlash tartibi, radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanish bo‘yicha respublikamizda so‘ngi qabul qilinayotgan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun mohiyati tushintirildi. Shuningdek, nazorat qilish borasida hamkorlikdagi amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan tushunchalar berildi. Undan tashqari IIB xodimlariga O‘zbekiston Respublikasi Radiochastotalar bo‘yicha Respublika kengashi tomonidan sohaga doir qabul qilingan qarorlar to‘g‘risida ma’lumotlar berib o‘tildi.

QR EMMX 1-toifali muhandisi M.Dlekeyev

Faylni tanlang