Soha yangiliklari

Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumanida ixtisoslashtirilgan IT maktab o‘z faoliyatini boshladi

Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumanidagi 77-son informatika va axborot texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan maktabning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ochilish marosimida Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi, Qo‘shrabot tuman hokimligi, viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi rahbar va xodimlari, keng jamoatchilik vakillari, maktab o‘qituvchi va o‘quvchilari ishtirok etdilar.  Mazkur maktab zamon talablari asosida ta`mirlandi va jihozlandi. Unda  informatika, robototexnika, IT English sinfxonalari, raqamli kutubxona tashkil etildi. Endilikda ushbu maktab o‘quvchilariga informatika va axborot-kommunikatsiya texnologiyalar chuqurlashtirilib o‘qitiladi va amaliyotda bilimlarini sinash imkoniyati beradi. O‘tgan davrda Samarqand viloyatida 7 ta informatika va axborot texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil etilgan.  
Faylni tanlang