Soha yangiliklari

Favqulodda vaziyatlar vazirligida seminar tashkil etildi

Favqulodda vaziyatlar vazirligida “Favqulodda vaziyat ro‘y berish xavfi yoki favqulodda vaziyat ro‘y berganligi haqida xabar berishning avtomatlashtirilgan tizimini rivojlantirish hamda undan samarali foydalanishni tashkil etish to‘g‘risida” 2023-yil 11-avgustdagi qarori ijrosi yuzasidan xabar berish tizimlari yaratilishi bo‘yicha bugungi kunga qadar amalga oshirilgan ishlar, muammolar hamda kelgusidagi vazifalar to‘g‘risida mas’ul vazirlik va idoralar vakillari ishtirokida o‘quv amaliy seminari o‘tkazildi.

Seminar davomida Favqulodda vaziyat ro‘y berish xavfi yoki favqulodda vaziyat ro‘y berganligi haqida xabar berishning avtomatlashtirilgan tizimining asosiy maqsadi va vazifalari, xabar berish tizimining tarkibi, xabar berish tizimini yaratish, ishga tushirish, saqlash va undan foydalanish tartibi hamda xabar berish tizimining tayyorligini tekshirish va baholash tartiblari ishtirokchilarga tushuntirib o‘tildi.

“UNICON.UZ” MCHJ direktorining birinchi o‘rinbosari T.V.Mashanpin xabar berish tizimlarining apparat-dasturiy komplekslarini takomillashtirish yuzasidan takliflarni ilgari surdi.

Faylni tanlang