Soha yangiliklari

Vazirlikda Qirg‘iziston delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2 noyabr kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Qirg‘iziston Respublikasi aloqa va axborot texnologiyalari davlat qo‘mitasi raisi Nurbek Abaskanov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muloqot davomida telekommunikatsiyalar va axborot texnologiyalari sohasida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi. Asosiy e’tibor ikki mamlakat telekommunikatsiya operatorlarining mamlakatlar hududida xalqaro telefon trafiki va tranzit aloqa kanallarini tashkil etish borasida hamkorlik qilish masalalariga qaratildi.

Manba: Axborot xizmati

Faylni tanlang