Soha yangiliklari

Mirzo Ulug‘bek tumanida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi o‘z faoliyatini boshladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbusining 3-tashabbusi doirasida bir qator ishlar olib borilmoqda. Shu asosda Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi o‘z faoliyatini boshladi. Markazda aholi, tuman yoshlari hamda davlat boshqaruv organlari xodimlari axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishida bilim va ko‘nikmalarini oshirishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Raqamli texnologiyalar o‘quv markazining avvalo vazifasi o‘sib kelayotgan yosh avlodni ilm-fanga keng jalb etish, ularni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha savodxonligini oshirishga, kelajakda yetuk IT mutaxassislarni yetishtirib chiqarishga qaratiladi va birinchi bosqichdagi barcha yoshlarga ta’lim bepul o‘qitiladi. Kelgusida tuman yoshlari ushbu o‘quv markazlarida kompyuter savodxonligi, dasturlash, robototexnika, internetdan foydalanish hamda boshqa bir qator yo‘nalishlarda o‘z bilimlarini oshiradilar. Shuningdek, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida innovatsion ishlanmalarni yaratish, start-ap loyihalarni ishlab chiqishga jalb qilish ham mo‘ljallangan.
Faylni tanlang