Soha yangiliklari

Namanganda fuqarolar va tadbirkorlar uchun sayyor qabul tashkil etildi

Joriy yilning 21-iyul kuni Namangan viloyati Yangiqo‘rg‘on tumani Nanay MFY hududidagi madaniyat uyida Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari Jamol Maxsudov, Yangiqo‘rg‘on tumani hokimligi hamda tuman Xalq qabulxonasi mas’ul xodimlari ishtirokida fuqarolar va tadbirkorlar uchun sayyor qabul o‘tkazildi.

Sayyor qabul davomida fuqarolar tomonidan mobil aloqa va simli internet xizmatlari sifati, internet tariflari, IT xizmatlari hamda boshqa masalalar yuzasidan 20 dan ortiq murojaat va takliflar bildirildi.

Murojaatlarning 12 tadan ortig‘i joyida ijobiy hal etildi hamda fuqarolarga tegishli huquqiy va amaliy tushuntirishlar berildi. Qo‘shimcha o‘rganish va vaqt talab etadigan 6 dan ortiq murojaat esa belgilangan tartibda ko‘rib chiqish uchun mas’ullarga biriktirildi. Murojaat mualliflariga ularni qonunchilikda belgilangan muddatlarda ko‘rib chiqish va natijalari bo‘yicha axborot taqdim etilishi ma’lum qilindi.

Shuningdek, Raqamli texnologiyalar vazirligi mutaxassislari tomonidan sayyor qabul ishtirokchilariga telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish, raqamli ta’lim, davlat xizmatlarini raqamlashtirish, kiberxavfsizlik, sun’iy intellekt hamda IT industriyasini rivojlantirish yo‘nalishlarida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Faylni tanlang