Soha yangiliklari

Namanganda IDEATHON tanlovi bo'lib o‘tdi

IDEATHON tadbirida 40 dan ortiq jamoalar qatnashib, o‘zlarining bor bilim va mahoratlaridan foydalangan holda ta’lim, sog‘liqni saqlash, transport, qishloq xo‘jaligi, kommunal va xizmat ko‘rsatish sohalaridagi muayyan muammolarni hal qilish va sohalarni raqamlashtirishga oid g‘oyalarni taqdimot qildilar. Tanlovda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Namangan viloyati hududiy boshqarmasi, Namangan viloyati hokimligi, IT Park Namangan filiali, Yoshlar ishlari agentligi Namangan filiali rahbar va xodimlari va IT sohasiga qiziquvchi yoshlar ishtirok etdi. Tanlov yakunida eng yaxshi g‘oyalarni taqdim etgan 3 ta yo‘nalish bo‘yicha 3 tadan ishtirokchi g‘olib deb topilib, ularga homiylarning esdalik sovg‘alari va sertifikatlar topshirildi.
Faylni tanlang