Soha yangiliklari

Namangan muhandislik-qurilish institutida IT-Inkubatsiya markazi o‘z faoliyatini boshladi

Namangan muhandislik-qurilish institutida navbatdagi IT-Inkubatsiya markazi o‘z ishini boshladi. Markazning ochilish marosimida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Namangan viloyati hududiy boshqarmasi, Namangan viloyati hokimligi rahbar va xodimlari ishtirok etdi. Mazkur markazda 60 nafar kishiga mo‘ljallangan va zamonaviy kompyuterlar bilan jihozlangan konferents-zal, to‘garak xonalari, Zoom-aloqa xonasi, dam olish xonasi, mahsus manbalar bilan to‘ldirilgan kutubxona joy olgan. Hozirgi kunda mahalliy o‘quv yurtlarida Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki (IT Park) ishtirokida IT-Inkubatsiya markazlari tashkil qilinmoqda. Oliy o‘quv yurtlari qoshidagi inkubatsiya markazlari yoshlarga startaplar haqida fundamental bilimlarni berish bilan bir qatorda ularga o‘zlarini IT sohasida tadbirkor sifatida namoyon etishlariga yordam beradi.
Faylni tanlang