Soha yangiliklari

Navoiy viloyatida Inkubatsiya va akseleratsiya markazi ish boshladi

Navoiy davlat pedagogika institutida IT Park hamkorligida “Inkubatsiya va akseleratsiya markazi”ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Navoiy viloyati hududiy boshqarmasining, Navoiy davlat pedagogika instituti rahbarlari, shuningdek keng jamoatchilik vakillari hamda talaba yoshlar ishtirok etdi. Tadbir doirasida mazkur institutda tahsil olayotgan yosh dasturchilar va ilmiy izlanuvchi talabalar tomonidan yaratilgan ilmiy va startap loyihalar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Faylni tanlang