Soha yangiliklari

Navoiy viloyatida yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi rahbariyati AKT sohasi korxonalarida faoliyat yuritayotgan yoshlar bilan norasmiy uchrashuv o‘tkazdi. Mazkur uchrashuv norasmiy shaklda tabiat quchog‘ida o‘tkazildi. Yoshlar bilan ochiq muloqot uyushtirilib, uchrashuv davomida ularni qiziqtirayotgan savollariga javoblar berildi. Shuningdek, iste’dodli yoshlarning chiqishlari tashkil etildi.
Faylni tanlang