"EMMM" DUK yangiliklari

Navoiy viloyati hududidan oʻtuvchi magistral va hududiy avtomobil yoʻllarida mobil aloqa signallarining qamrovi oʻrganildi

Keyingi yillarda mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni faol rivojlantirish, barcha tarmoqlar va sohalarda, eng avvalo, davlat boshqaruvi, taʼlim, sog‘liqni saqlash va qishloq xo‘jaligida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish va modernizatsiya qilish bo‘yicha ko‘rilayotgan kompleks tashkiliy-texnik choralar telekommunikatsiya xizmatlarining sifatini yaxshilash va turlarini oshirish, shu jumladan mobil aloqa qamrovini kengaytirishga ehtiyojni yuzaga keltirmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining topshiriqlari, “EMMM” DUKning tegishli chora-tadbirlar rejasi asosida Navoiy viloyati hududidagi xalqaro, davlat va hududiy ahamiyatiga molik avtomоbil yoʻllarida mobil aloqa operatorlarining signallarining qamrovi boʻyicha oʻrganish oʻtkazildi.

Olingan maʼlumotlar tahlil qilinib, yangi baza stansiyalar o‘rnatish va mavjudlarini modernizatsiya qilish orqali mobil aloqa va mobil internet sifati va qamrovi darajasini oshirish maqsadida tegishli takliflar Vazirlikning hududiy boshqarmasiga taqdim etilmoqda.

Navoiy viloyati EMMX 2-toifali tarmoq muhandisi J.A.Xo‘jayev

Faylni tanlang