Soha yangiliklari

Nukus shahrida yoshlar uchun seminar tashkil etildi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filialida startap loyihalarga qiziquvchi yoshlar uchun seminar o'tkazildi. Seminar davomida IT Park Qoraqalpog'iston Respublikasi filiali xodimlari - IT Parkning faoliyati, tez fursatda Nukus shahrida ochiladigan yangi Inkubatsiya markazi, “Bir million dasturchi” loyihasi bo'yicha yangiliklar bilan tanishtirdi. Shu bilan birga, "Data Biznes Control" kompaniyasi vakillari tomonidan biznesni avtomatlashtirish, CRM, ERP, WMS tizimlarining faoliyati uchun dasturiy ta'minotni ishlab chiqish bo‘yicha taqdimot qilindi.  
Faylni tanlang