"EMMM" DUK yangiliklari

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filialida o‘quv-seminar o‘tkazildi

Joriy yilning 20-aprel kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali bilan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy boshqarmasi va soha korxonalari o‘rtasida hamkorlikdagi ishlarni yanada takomillashtirish tadbirlariga muvofiq, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Nukus filiali “Telekommunikatsiya texnologiyalari va kasb ta’limi” fakulteti kichik majlislar zalida Qoraqolpog‘iston Respublikasi Elektromagnit moslashuv xizmati tomonidan “Axborot xavfsizligi” mavzusida o‘quv-seminari o‘tkazildi.

 

Seminarga mazkur filialning “Axborot xavfsizligi” kafedrasi mudiri T.Berdimbetov, Yoshlar ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari U.Turumbetov, Qoraqolpog‘iston Respublikasi EMMX tarmoq muhadisi T.Asamatdinov, kafedra professor-o‘qituvchilari va 3-bosqich talaba yoshlari qatnashdi.

 

Seminar ishtirokchilariga “Axborot xavfsizligi” mavzusi bo‘yicha taqdimotlar namoyish qilindi. O‘tkazilgan o‘quv seminari davomida talaba yoshlar tomonidan berilgan mavzuga doir barcha savollarga ma’ruzachilar tomonidan to‘liq va batafsil ma’lumot berildi.


 

QR EMMX 2-toifali tarmoq muhandisi

T. Asamatdinov

Faylni tanlang