"EMMM" DUK yangiliklari

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATUning Nukus filialida mehnat yarmarkasi tashkillashtirildi

2022-yil 4-mart sanasidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim muassasalari talabalarining bandligini ta‘minlash orqali ularning turmush tarzini yaxshilash chora-tadbirlari” bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektordagi berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali va soha korxonalari hamkorligida 2022-yil 11‑mart kuni “Bo‘sh ish o‘rinlari yarmarka”si tashkillashtirildi.

Yarmarkada O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi Hududiy boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, Nukus shahar bandlikka ko‘maklashish markazi boshlig‘i o‘rinbosari va boshqa soha korxonalari rahbarlari qatnashdilar. Mazkur yarmarkani o‘tkazishdan maqsad, ishga joylashmoqchi bo‘lgan talaba-yoshlar, band bo‘lmagan fuqarolarning ish beruvchilarni bevosita muloqot orqali topish, ish beruvchilarga kerakli kadrlarni tanlashda amaliy yordam ko‘rsatishdan iborat bo‘ldi.

 

1-darajali radiooperator A.Shimbergenov

Faylni tanlang