Soha yangiliklari

Pop tumanida BPO-school tashkil etildi

Namangan viloyati Pop tumanida IT-Park hamkorligida ilk bor xalqaro logistik BPO-schooli tashkil etildi. Mazkur kompaniya Amerika Qo‘shma Shtatlarida faoliyat yuritayotgan kompaniyalarga masofadan turib autsorsing xizmatini ko‘rsatishga mo‘ljallangan. Dastlab, joriy yilning fevral oyida mazkur kompaniya uchun nomzodlar qabul qilish jarayoni boshlangan edi. Shundan 110 nafar nomzodlar saralab olinib, ushbu yoshlar uchun kompaniya vakillari va IT-Park mas’ullari ishtirokida yakuniy suhbat tashkil etildi.  Saralab olingan yoshlar uchun “Open day” marosimi o‘tkazilib, shu kundan boshlab, 1 oylik ish amaliyoti tashkil etilishi belgilandi. Kelgusida xuddi shunday markazlarni viloyatning barcha shahar va tumanlarida tashkil etish rejalashtirilmoqda.  
Faylni tanlang