Soha yangiliklari

ICTWEEK Uzbekistan 2017 doirasida ICTForum tadbiri davom etmoqda

 

Internet va texnologiyalar yo‘nalishida xalqaro hamda mahalliy natijalar muhokamasiga bag‘ishlangan ICT Forum – 2017 Haftalikning qizg‘in anjumanidir. Forum 20-21 sentyabr kunlari ixtisoslashgan mavzularga, mahorat darslari hamda guruhli muhokamalarga mo‘ljallangan bo‘limlar formatida "O‘zekspomarkaz" MKM ning konferens-zalida, quyidagi mavzularda tashkil qilinmoqda. 

1-kun: “Egovernment Uzbekistan” – O‘zbekistonda "elektron hukumat" rivoji (9.30 – 13.30), “Moliya sohasida raqamlashtirish” (14.00 – 18.00); 
2-kun: “Axborot texnologiyalari infratuzilmasi” (9.30 – 13.30) hamda “Axborot xavfsizligi” (14.00 – 18.00) mavzulari muhokama qilinadi. 

Yuqoridagi mavzular bo‘yicha “bulutli texnologiya”lardan foydalanish, mobil ta’lim va istiqboldagi ta’lim, “sun’iy idrok” hamda axborot xavfsizligini ta’minlash masalalari tahlil va muhokama markazida bo‘ladi. Joriy yilgi Forumda Rossiya, Belarusiya, Yaponiya, Xitoy, Hindiston, Niderlandiya, Janubiy Koreya, Qozog‘iston kabi davlatlarning ekspertlari ishtirok etadilar. 

Manba: Axborot xizmati

Faylni tanlang