Soha yangiliklari

BAAda bo‘lib o‘tgan Jahon hukumatlari sammiti doirasida Amirlik hukumati rahbariyati va rasmiy delegatsiyalar rahbarlari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi

Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov Birlashgan Arab Amirliklarida bo‘lib o‘tgan Jahon hukumatlari sammiti (World Government Summit) doirasida BAAning Hukumat va kelajak ishlari bo‘yicha vazirligi rahbariyati hamda rasmiy delegatsiyalar rahbarlari ishtirokida o‘tkazilgan davra suhbatida ishtirok etdi. Unda BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlari strategiyasi doirasida ijtimoiy soha, atrof muhit va iqtisodiyot bo‘yicha 2045-yilgacha rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. BAA Hukumat vakillari tomonidan O‘zbekistonda AKT sohasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi yuqori bo‘layotganligi alohida ta’kidlandi.
Faylni tanlang