"EMMM" DUK yangiliklari

Hamkorlikdagi tadbirlar natijasida radioxalaqitlar bartaraf etilmoqda

“O‘zkomnazorat” davlat inspeksiyasi Samarqand viloyati hududiy inspeksiyasi va Samarqand viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati xodimlari bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22-dekabrdagi “Radiochastota spektridan foydalanish sohasida ruxsat etish hamda radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalardan foydalanishni tartibga solish to‘g‘risida”gi 801-sonli qarorining 5-ilovasiga muvofiq, “Radioelektron vositalar va yuqori chastotali qurilmalarni O‘zbekiston Respublikasi hududida sotib olish (berish), sotish va (yoki) o‘rnatish (qurish), xorijdan olib kirish va foydalanish tartibiga rioya qilinishi ustidan nazoratni tashkil etishda vazirlik va idoralarning o‘zaro hamkorligi to‘g‘risida”gi Nizom talablarini bajarish maqsadida, oldindan kelishilgan chora-tadbir rejasiga asosan va Shanxay Hamkorlik Tashkilot (ShHT)i Samarqand Sammitining o‘tkazilishi munosabati bilan radiomonitoring va tashqi kuzatuv tadbirlari o‘tkazildi.

Radiomonitoring tadbirlari natijasida, jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan muvofiqlik sertifikatlariga ega bo‘lmagan, hamda Samarqand viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan mobil aloqa operatorlarining tayanch baza stansiyalariga radioxalaqitlar hosil qilib foydalanilayotgan 23 dona retranslyator qurilma (repeater)lari aniqlandi.

“O‘zkomnazorat” davlat inspeksiyasi Samarqand viloyati hududiy inspeksiyasi inspektori A.Obloqulov va Samarqand viloyati Elektromagnit moslashuv xizmati xodimlari A.Olmasov, A.Urazov va N.Mardiyevlar mobil aloqa tarmoqlari signallarini kuchaytirib beruvchi retranslyator qurilmalari egalari bilan uchrashib, ushbu qurilmalardan O‘zbekiston Respublikasi Radiochastotalar bo‘yicha respublika kengashi (RChRK)ning 2022-yil 23-avgustdagi 707-sonli qarorining 1-bandida ko‘rsatib o‘tilgan texnik shartlar bajarilganda (shartlarga mos kelganda) radiochastota organlarining radioelektron vositalarni sotib olish (berish) va (yoki) o‘rnatish (qurish) uchun va radioelektron vositalardan foydalanish ruxsatnomalarini rasmiylashtirilmagan holda ikkilamchi asosda foydalanishga ruxsat etilishi;

Mazkur qarorning 1-bandida keltirilgan texnik shartlarni bajarish hamda mobil aloqa tarmoqlariga xalaqitli ta’sirlar keltirmaslik talablariga majburiy rioya qilgan holda mobil aloqa tarmoqlari signallarini kuchaytirib beruvchi retranslyator qurilmalarni O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarish, modernizatsiya qilish va o‘rnatish bo‘yicha ishlarni bajarishga (shu jumladan ularga xizmatlar ko‘rsatishga) faqat faoliyat turi bo‘yicha tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan yoki mobil aloqa operatorlari nomidan shartnoma asosida ish yurituvchi yuridik shaxslarga ruxsat etilishi;

O‘zbekiston respublikasi hududiga mazkur qarorning 1-bandida keltirilgan texnik shartlarga mos keladigan retranslyator qurilmalarini xorijdan olib kirish, radiochastota organlarining o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirilgan olib kirish ruxsatnomasiga asosan amalga oshirilishi;

Retranslyator qurilmalaridan foydalanuvchilar o‘zlari tomonidan foydalanilayotgan qurilmalardan, mobil aloqa operatorlari tarmoqlariga radioxalaqit hosil bo‘lishini oldini olish uchun barcha zarur bo‘lgan tashkiliy-texnik choralarni ko‘rishlari kerakligi;

Mazkur qarorning 1-bandida keltirilgan texnik shartlarga mos kelmaydigan boshqa mobil aloqa tarmoqlari signallarini kuchaytirib beruvchi retranslyator qurilmalarni O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqish (yaratish), modernizasiya qilish, ishlab chiqarish va xorijdan olib kirish (xorijdan xarid qilish) va ulardan foydalanish qat’iyan man qilinishi tushuntirildi.

Mobil aloqa tarmoqlari signallarini kuchaytirib beruvchi retranslyator qurilmalari egalari mazkur qurilmani ishlatish talablarini bilmaganligi, berilgan tushuntirishlardan qoniqish hosil qilganligi va ushbu mobil kuchaytirgichdan boshqa foydalanmasliklarini ma’lum qildilar. Shundan so‘ng, retranslyator qurilma (repeater)lari joyida egalari tomonidan yechib olindi va tadbir ishtirokchilari tomonidan ogohlantirish dalolatnomalari rasmiylashtirildi.

 

Ushbu tadbirlar natijasida, mobil aloqa operatorlarining abonentlariga sifatli ovozli aloqa va mobil internet xizmatlarini ko‘rsatishda, ularning tayanch baza stansiyalariga ta’sir qilayotgan radioxalaqitlar bartaraf etildi.

 

Tayyorladi: Samarqand viloyati EMMX 1-toifali muhandisi A.A.Olmasov


 

Faylni tanlang