Soha yangiliklari

Yoshlar bilan ochiq va oshkora muloqot bo‘lib o‘tdi

Xorazm viloyati Hazorasp tumanida O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining o‘rinbosari B.Olmatov, Xorazm viloyati xokim F.Ermanov va Hazorasp tumani hokimi O‘.Masharipovlar ishtirokida Hazorasp, Bog‘ot, Tuproqqal’a tumani yoshlari bilan ochiq muloqoti o‘tkazildi.

Uchrashuvda ishtirokchilari “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida to‘xtalib, tadbir ishtirokchilarini rasmiyatchilikdan holi bo‘lib, ochiq va oshkora muloqot qilishga chaqirdi.

Shuningdek O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining o‘rinbosari B.Olmatov tomonidan bugungi kunda axborot texnologiyalari sohasida yoshlarga qaratilayotgan e’tibor, yaratilayotgan yangi imkoniyatlar to‘g‘risida, jumladan tashkil etilgan Raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari faoliyati, ulardagi o‘quv jarayonlari, “Bir million dasturchi” loyiha va boshqa shu yo‘nalishdagi loyihalar hamda axborot texnologiyalari yo‘nalishida tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish imkoniyatlari to‘g‘risida yoshlarga ma’lumot berib o‘tdi.

O‘tkazilgan uchrashuvda belgilangan tumanlardan 100 nafarga yaqin yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savolllar va muammoli masalalar yuzasidan murojaat qilib javoblar olishdi. Yoshlar tomonidan ko‘tarilgan takliflarni tegishli tashkilotlar tomonidan qisqa muddatlarda ko‘rib chiqilishi belgilab olindi.

 

Manba: Axborot xizmati

Faylni tanlang