"EMMM" DUK yangiliklari

Samarqandda ShHT sammitiga tayyorgarlik qizg‘in.

2022-yilda Samarqand shahrida nafaqat Markaziy Osiyo mintaqasi, balki butun dunyo uchun eng muhim voqealardan biri - ShHT sammiti o‘tkaziladi. Ko‘pgina davlat rahbarlari va yetakchilari ishtirok etishi kutilayotgan ushbu marosimga tayyorgarlik ko‘rishda, O‘zbekiston Respublikasi ATKR vazirligining ham oldida katta masʼuliyatli vazifalar mavjud.

Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri joriy yilning 2-3-fevral kunlari Samarqand shahriga tashrif buyurdi. Vazirning “Toshkent – Samarqand” avtomobil va temir yo‘llarida uyali aloqa sifatini yanada yaxshilash bo‘yicha bergan topshirig‘iga asosan “Toshkent – Samarqand” avtomobil va temir yo‘llarida hamda Samarqand shahrining ichki yo‘llarida, qolaversa Samarqand shahrining madaniy va tarixiy diqqatga sazovor joylari, turizm maskanlarida mobil aloqa va mobil internet qamrovi darajasi va sifati maxsus qurilmalar yordamida o‘rganildi.

 

“EMMM” DUK RN va TRX boshlig‘i v.b. A.K.Kaxramonov ushbu o‘rganishlar taqdimotida qatnashish hamda ushbu yo‘nalishda mavjud kamchiliklarni joyida bartaraf etish maqsadida Samarqandga keldi. “EMMM” DUK RN va TRX va Samarqand viloyati EMMX mutaxassislari tomonidan o‘rganishlar o‘tkazildi va tahliliy materiallar tayyorlandi.

Mobil aloqa va mobil internet sifatini o‘rganishning tahliliy natijalari umumlashtirilib, ATKR vaziri o‘rinbosari J.T.Maxsudovga “EMMM” DUK RN va TRX boshlig‘i v.b. A.K.Kaxramonov va Samarqand viloyati EMMX boshlig‘i v.b. X.T.Tojiyev tomonidan prezentatsiya ko‘rinishida taqdimot o‘tkazildi.

Taqdimotda ATKR vaziri o‘rinbosari J.T.Maxsudov o‘rganish natijalari bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdi. Bu yo‘nalishda mobil aloqa operatorlari bilan hamkorlikda ishlash, aniq takliflarni berish va ishlarni aniq yechimlar bilan jadallashtirish kerakliligi, hamda tez fursat ichida mobil aloqa va mobil internetdagi muammolar yechimini topish kerakligini aytib o‘tdi.

Faylni tanlang