"EMMM" DUK yangiliklari

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Samarqand filialida “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi tashkil etildi

Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligining 2024-yil 

14-iyundagi 32-F-son farmoyishiga asosan joriy yilning 24-iyun kuni Muhammad 

al-Xorazmiy nomidagi TATU Samarqand filialida “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Mazkur mehnat yarmarkasida IT sohasiga qiziquvchi iqtidorli maktab o‘quvchilari va abituriyentlarni Raqamli texnologiyalar vazirligi tizimidagi oliy ta’lim muassasalariga jalb qilish hamda IT sohasiga qiziquvchi yoshlar hamda oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini IT sohasida faoliyat yuritayotgan tashkilotlarga yo‘naltirish va ishga joylashtirishga ko‘maklashish bo‘yicha bo‘sh ish o‘rinlari ko‘rgazmalari va seminarlar tashkil etildi.

Yarmarkada Vazirlik tizimidagi tashkilotlar qatorida Samarqand viloyati EMMX xodimlari ham o‘z stendlari bilan ishtirok etishdi hamda yarmarka qatnashchilariga tashkilotdagi olib boriladigan asosiy amaliy ishlar, foydalaniladigan texnik vositalar va qurilmalar to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi.

vddsvsdfvasdv775x436.jpg

Faylni tanlang